“Soçnaya dolina” savdo markasi 2016 yilning 25 sentabridan 24 noyabrga qadar davom etgan “Sovğalar yozi” aksiyasining uçinçi bosqiçiga yakun yasadi.
Kuzning oxirigaça uzaytirilgan yozgi aksiya omadli insonlarga boy böldi: bu safar 27 nafar ğolib atigi birgina promo-kodni faollaştirib, qimmatbaho sovğalarni qölga kiritişdi. Jami 34 sovğa öynaldi: Artel televizori, Canon fotoapparati, multivarka, ikki mikrotölqinli peç, ikki dazmol, uç mini-peç, tört telefon, tört blender, sakkiz isitiş moslamasi va sakkiz elektr çoynak. Bundan taşqari, 400 iştirokçi “Soçnaya dolina” savdo markasidan brend futbolkalarga ega böldi.
Umuman olganda, öyinning final bosqiçida yoqimli tasodiflar köp böldi. Jizzaxda yaşovçi Dilmurod Şoyimardonov töyiga sanoqli kunlar qolganda televizor yutib olganidan xabar topdi – bu yoş oila uçun haqiqiy töy sovğasi.

“Ikki karra bayram böldi. Men baxtli insonman: birinçi marta bunday aksiyada iştirok etib, ğolib bölişga muvaffaq böldim”, - deydi yangi oila boşliği. U bunday yirik sovğani qölga kiritiş uçun atigi uç promo-kodni faollaştirgan. “Tanişlarim ham iştirok etib, biror sovğa yutişga harakat qilişmoqda, lekin afsuski, hozirça ularning omadi kelmadi. Televizorni uyga olib kelgan bölsam-da, döstlarim haligaça uni yutib olganimga işonişmayapti. Ularga hammasini batafsil tuşuntirib berdim va barçasi haqqoniy ekanini aytdim, biroq ular meni çuv tuşirmoqçi deb öylaşmoqda”, - deya qöşimça qildi ğolib.
Boşqa bir ğolib, mini-peç yutib olgan navoiylik Feruz Abdullayev özi yaşaydigan hududning deyarli afsonasiga aylandi: atigi bir neça oy avval, avgustda u “Musafföni xarid qil va Chevrolet Spark yutiş imkonini qölga kirit” aksiyasida avtomobil egasi bölgandi. Bundaylar haqida “peşonasi yarqiragan” deyişadi, lekin Feruzning bunga boşqaça izohi bor.

“Aprel oyida men uylandim va şundan keyin ketma-ket omad kulib boqa boşladi. Öylaşimça, sevimli turmuş örtoğim menga omad keltirmoqda. Bu Mel Gibson iştirokidagi “Ayollar nimani xohlaydi?” filmidagi kabi: qahramonni yaşin uradi va u birdaniga hamma narsani anglay boşlaydi. Menda ham şunday: uylandim va omad menga kulib boqdi, - deb jilmayadi ğolib. – Maşina yutib olganimdan keyin barça aksiyalar va öyinlarni kuzata boşladim. Avvallari mineral suv yoki çoy içib, “Soçnaya dolina”ga u qadar e'tibor qaratmasdim, uni stikerlar tufayli xarid qila boşladim. Biroq şarbat kutganimdan-da xuşxör bölib çiqdi: sof va tabiiy mahsulot. Endi esa uni muntazam xarid qilaman”.














