Twitter mikrobloglar ijtimoiy tarmoği Yes! startapini xarid qilib, uning rahbari Kit Koulmanni Twitter vitse-prezidenti etib tayinladi, deb yozmoqda Recode. Mobil ilovalar işlab çiqariş bilan şuğullangan startap boşliği Kit Koulman kompaniyaning asosiy mahsulotlarini rivojlantirişga mas'ul hisoblanadi, deb qayd etgan naşr.
Twitter asosiy mahsulotini boşqariş Kremniy vodiysidagi eng murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Çunki kompaniya ança vaqtdan beri foydalanuvçilar sonini oşirişni uddalay olmayapti. «Köpçilikning fikriça, Twitter foydalaniş uçun murakkab, bu ayniqsa yangi a'zolar uçun yaqqol namoyon böladi», — deb yozadi naşr.
Yes! bilan amalga oşirilgan bitim tafsilotlari e'lon qilinmayapti. Kompaniya şu paytga qadar ikkita ilova işlab çiqqan: foydalanuvçilar holatini bildiruvçi wyd xizmati hamda döstlar bilan uçraşuvlarni rejalaştirişga möljallangan Frenzy ilovasidir. Twitter bilan bitim yakunlangaç, ikkala ilova ham yopilişi aytilmoqda.
TechCrunch naşrining qayd etişiça, Twitter mahsulotlari böyiça yangi rahbari bu xizmatdan juda kam foydalangan. Koulman 2007 yilda akkauntini oçgan bölib, bor-yöği 146 marta tvit qilgan.












