Yevropaga kirib kelayotgan qoçqinlar soni ortib bormoqda. Ksenofobiya, şovinizm, siyosiy beqarorlik va tikanli simlarning örnatilganiga qaramay qoçqinlar, ayniqsa Suriya va Iroqdan kelayotganlar Ğarb davlatlarida moliyaviy yordam olmoqda.
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada qoçqinlar avvaliga vaqtinçalik turargohlarga joylaştiriladi. Keyinçalik esa ular hukumatga kömak sörab murojaat qilişlari mumkin. Agarda murojaat tasdiqdan ötsa, qoçoqlar bir keça-kunduz uçun beş funtdan ortiqroq moliyaviy yordam olişadi.
Fransiya
Fransiyada qoçqin maqomini beriş böyiça muhojirning murojaati körib çiqilgunça, unga vaqtinçalik yaşaş markazlarida joy berişadi. Tegişli qaror çiqarilgunga qadar esa muhojirlar oyiga 120 yevro miqdoridagi yordam pulini olib turişadi. Agarda unga vaqtinçalik turargohlarda joy berilmasa, yordam miqdori oyiga 340,5 yevroni taşkil qiladi.
Şvetsiya
Şvetsiyada muhojirlar uçun eng yaxşi şaroit yaratilgan. Muhojirlarga qoçqin maqomini beriş böyiça murojaat körib çiqiş jarayonida oyiga taqdim etiladigan yordam puli 250 yevroni taşkil qilib, unga yaşaş joyi ham beriladi.
Germaniya
Germaniyada çegaradan ötgan har bir qoçqin töliq tibbiy tekşiruvdan ötkazilib, muhojirlarni vaqtinçalik saqlaş markazlariga joylaştiriladi. Davlat ularni oziq-ovqat, şaxsiy gigiyena vositalari va dori-darmonlar bilan ta'minlaydi.
Avstriya
Avstriyada muhojirlar qoçoqlar lageriga uç haftadan uç oygaça bölgan vaqtga joylaştiriladi.
Har bir qoçqin har oyda oziq-ovqat uçun 200 yevro, şaxsiy maqsadlariga – 40, har bir bolaga – 90 yevrodan oladi. Bundan taşqari, har bir qoçqinga bir yilda kiyim-keçak uçun 150 yevro tölab beriladi.












