Mercedes-Benz kompaniyasi "raqamli" asosiy yoruğlik faralarini yaratdi. Bu faralar yölga biror simvolni proyeksiyalaşi mumkin va yölda özgarayotgan vaziyatlarga tezroq javob bera oladi. Kompaniyaning va'da berişiça, "Digital Light" deb nomlangan bu tizim yaqin orada seriyali işlab çiqariluvçi avtomobillarda paydo böladi.
Asosiy yoruğlik faralarining har biriga milliontadan mikrooynalar joylaştirilgan bölib, buning evaziga nur köplab mitti "piksellar"ga bölinadi. Ularni kompaniya tomonidan işlab çiqilgan elektron blok boşqaradi.

Kompyuter real vaqtda avtomobilning turli datçiklaridan kelayotgan axborotni tahlil qilib, ularni faralarni boşqaruvçi blokka aniq vaziyatga rostlanişi uçun yuboradi. Faralar millionlab piksellardan har birining yorqinligini alohida sozlaşi mumkin.
Yangi optika an'anaviy faralarga ega bölgan imkoniyatlardan taşqari, yölga turli simvollarni proyeksiyalaşi mumkin. Misol uçun, keyingi burilişgaça masofani körsatişi, kamera tomonidan öqilgan yöl belgisini akslantirişi, yöldagi xavfdan ogohlantirişi va yöl çetidagi piyodalarni közini qamaştirmay, ularga yoruğlik tuşirişi mumkin.
Bu tizimga ega prototiplar ommaga turli maxsus tadbirlarda taqdim qilingan. Bunday texnologiyaga ega maşinalar seriyali tarzda qaçon işlab çiqarilişi hozirça aytilmagan.


















