AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp uçta davlat: Afğoniston, Singapur va Tayvan yetakçilari bilan telefon orqali suhbatlaşdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi 

Tramp Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan suhbatda ikki davlat uçrayotgan terrorçilik tahdidlari hamda bu tahdidlarni yengib ötişda yanada yaqindan hamkorlik qilişni muhokama qildi. 

Bundan taşqari, Tramp Singapur boş vaziri Li Syan Lun bilan ham suhbatlaşdi. Suhbat davomida ikki davlat örtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar muhokama qilingan.

Tramp şuningdek Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven bilan ham suhbat olib bordi. Ta'kidlanişiça, AQŞ va Tayvan örtasidagi diplomatik aloqalar 1979 yilda uzilgan. Tramp va Invenning bu suhbati öşandan beri ikki davlat yetakçisi örtasida bölib ötgan birinçi suhbat böldi.