Öylab körganmisiz, nima uçun Amerika valyutasi qadrining ortişi dunyoning barça mamlakatlari uçun tahdid soladi?

Kuzatib borayotgan bölsangiz, Donald Trampning prezidentlik saylovida ğalaba qozonganidan keyingi 3 hafta mobaynida Amerika milliy valyutasi katta sur'atda kuçayib bormoqda. Dollar rivojlangan mamlakatlar valyutalari savatçasiga nisbatan 2011 yilda qayd etgan eng quyi körsatkiçidan 40 foiz yuqoriga kötarilib oldi. U, şuningdek, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar pul birliklarini ham mağlub etmoqda. Xususan, Xitoy yuani 2008 yildan buyongi eng kuçli qadrsizlanişga duç kelgan. Hindiston rupiysi ham valyuta islohoti sababli dollarga nisbatan keskin pasaymoqda. Osiyo boşqa valyutalarining dollarga nisbatan tutgan pozitsiyasi havas qiladigan darajada emas. Bunday jarayon 1997-98 yillardagi moliyaviy inqirozdan söng kuzatilmagan edi. 

Xitoy yuani

Ta'kidlaş joizki, dollar bir neça yildan beri asta-sekinlik bilan öz qadrini mustahkamlab bormoqda. Biroq, oxirgi haftalarda vaziyatning keskin özgarişi Amerika iqtisodiy siyosatida jiddiy özgarişlar röy berişiga bölgan umidlar bilan boğliq, deyiş mumkin.

Sarmoyadorlarning aksariyati Donald Tramp soliqlarni kamaytirişiga, infratuzilmalarga davlat xarajatlari ortişiga işonmoqda. Buning natijasida,  Federal zaxira tizimi inflyatsiyaning oldini oliş maqsadida qayta moliyalaş stavkasini oşirişga majbur böladi. Amerikaning ön yillik davlat obligatsiyalari daromadliligi saylovlar kuni 1,7 foizga ösib, 2,3 foizni taşkil etdi. Yuqori foyda köriş ehtimoli, ma'lumki, har doim sarmoyani jalb etadi. 

Aslida, dunyoning eng yirik iqtisodiyotining önglanişi va tezlik bilan ösişini faqat olqişlaş kerakdek. Ammo, Ronald Reyganning birinçi prezidentlik davrida byudjyet tanqisligi hamda yuqori foiz stavkalariga qaramay dollar qimmatlaşgani boşqa mamlakatlar uçun jiddiy muammolarni keltirib çiqargani moliya tarixçilarining yodidan kötarilgani yöq. 

Albatta, bugungi kun Amerika iqtisodiyoti, 35 yillar avvalgiga qaraganda jahon iqtisodiyotida kamroq uluşga ega. Biroq, jahon moliya va kredit bozorlaridagi pul miqdori ham şunga yaraşa oşgan, bundan taşqari, AQŞ dollari köproq ahamiyat kasb etmoqda. Ayni şu sabab, uning qimmatlaşuvi Amerika uçun ham, dunyoning boşqa mamlakatlari uçun ham birdek tahlikalidir.