Bokudagi savdo markazlaridan birining yonida özidagi “ölim belboği”ni portlatmoqçi bölgan terrorçi yöq qilindi, deb xabar beradi TASS.
Ozarboyjon davlat xavfsizlik xizmatidan xabar berişlariça, kuç tizimi vakillari Emin Jomini qölga oliş böyiça amaliyotni ötkazişgan. U qarşilik körsatib, portlovçi moslamani harakatga keltirişga urinib kördi.
“Javob çoralari sifatida u maxsus tezkor guruh tomonidan yöq qilindi”, - deyişdi muassasada.
Ozarboyjonning 38-yoşli fuqarosi Emin Jomi 2007 yilda terrorçilik taşkilotida iştirok etgani uçun ozodlikdan mahrum etilgan. Jomi 2016 yilning boşida erkinlikka çiqqaç, yana jangarilar bilan aloqa örnatgan.

















