2016 yil 4 dekabr, yakşanba kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.
Bu kunda butun Respublika böylab yangi prezident saylaş uçun ovoz beriladi.
Parlamentdagi 4ta siyosiy partiya körsatgan nomzodlar uçun 21,5 million saylovçi ovoz beradi. Saylovda birinçi turdan keyin 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod respublikaning yangi prezidentiga aylanişi mumkin. Agar birinçi turda heç qaysi nomzod 50 foizdan ortiq ovozga ega bölmasa, eng köp ovoz olgan 2 nomzod örtasida qaytadan ovoz beriş jarayoni bölib ötadi.
Saylovda davomat 33 foizdan oşsa, saylov bölib ötgan hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari töğrisidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan keçiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e'lon qilinadi. Lekin odatda saylov natijalari saylov ötgandan söng 1 sutka içida e'lon qilinadi.
Saylov natijalari rasman e'lon qilingaç, 2 oy içida yangi prezident inauguratsiyasi taşkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi.
Ertaga fuqarolar öz siyosiy huquqlaridan foydalanib, öz kelajaklari uçun ovoz berişadi.
Mamlakatdagi barça siyosiy partiyalar saylovda iştirok etiş istagini bildirdi. Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Sarvar Otamuratovni, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Şavkat Mirziyoyevni, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Xatamjon Ketmonovni, Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib körsatdi.
Nomzodlarga saylovoldi taşviqotini ötkaziş, davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanişda teng şaroitlar yaratildi. Saylovçilar bilan uçraşuvlar videokonferensiya tarzida ötkazilgani aholi keng qatlamlarini qamrab oliş imkonini berdi. Fuqarolar nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturi bilan atrofliça tanişdi.
Bugungi kunda Özbekiston böylab taşkil etilgan 14ta saylov okruglarida 9378ta, şu jumladan Özbekistonning 44ta xorijiy diplomatik vakolatxonalaridagi 44ta saylov uçastkasi saylovçilarni qabul qilişga şay holatga keltirilgan.
Uçastka saylov komissiyalari tarkibi şakllantirilib, ularning faoliyatiga 98 mingdan ziyod kişi jalb qilindi. Barça uçastkalarda ona va bola, tibbiyot xonalari taşkil etildi. Ovoz beriş xonalari, qutilar, köçma qutilar tayyorlandi. Uçastkalar saylovga oid qonun, yöriqnoma, qöllanma, zarur adabiyotlar, nomzodlar va ularning dasturlarini taniştiruvçi plakatlar, telefon, kompyuter hamda internet bilan ta'minlandi.












