Özbekiston Markaziy saylov komissiyasiga Prezident saylovi böyiça soat 6:00 da boşlangan ovoz beriş jarayoni haqidagi ma'lumotlar onlayn rejimida kelib tuşmoqda.
Soat 10:00 gaça saylovçilar röyxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovçilarning 5 million 207 ming 914 nafari, ya'ni, 25,72 foizidan ortiği ovoz berib bölgan.
Eslatib ötamiz, saylovda davomat 33 foizdan oşsa, saylov bölib ötgan hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari töğrisidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan keçiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e'lon qilinadi. Lekin odatda saylov natijalari saylov ötgandan söng 1 sutka içida e'lon qilinadi.
Saylov natijalari rasman e'lon qilingaç, 2 oy içida yangi prezident inauguratsiyasi taşkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi.
Ovoz berişlar soat 20:00gaça davom etadi.












