Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod bölmiş Şavkat Mirziyoyev ovoz beriş uçun 4 dekabr kuni Toşkent şahri Mirzo-Uluğbek tumanidagi 132-saylov uçastkasiga taşrif buyurdi.
"Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahri Mirzo-Uluğbek tumanidagi 132-saylov uçastkasiga keldi", deyilgan partiya matbuot xizmati ma'lumotida.

Şavkat Mirziyoyev saylov uçastkasiga oila a'zolari bilan birga taşrif buyurgan. Qayd etilişiça, Mirziyoyev bilan uning oila a'zolaridan 8 kişi saylov uçastkasiga kelgan.

Uşbu saylov uçastkasida jami 2352 nafar saylovçi röyxatga olingan. Ayni paytda bu yerda saylovçilar faol tarzda ovoz bermoqda.
Markaziy Saylov komissiyasining oxirgi ma'lumotlariga köra, saylovda davomat Toşkent vaqti bilan soat 09:00 holatiga köra 17 foizni taşkil qilmoqda edi.











