Bismillahir rohmanir rohiym
Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bölsin.
Bir kuni qabulimga bir yigit hayajon bilan, ajablangan holatda kirib kelib, mulohazali mavzuni kötarib qoldi.
U: «Qori aka, jum'a ma'ruzalarida qizlarning tarbiyasi töğrisida köproq gapirmasangiz bölmaydi şekilli. Ayollar, ayniqsa turmuşga çiqmagan qizlar juda ham aynib, behayo, tarbiyasiz bölib borayapti», deb öz e'tirozini bildirdi.
Uning bu e'tirozida yaqin vaqt içida qandaydir hodisa röy bergani, u yigitning ongiga qattiq ta'sir qilgani sezilib turardi. Yigitning hayajoniga qandaydir hodisa sabab bölganini tuşunib turgan holda: «Nima böldi?», deb söradim.
U yigit: «Köçada kira qilib yurgan bir maşinani töxtatdim. Haydovçi yonidagi old örindiqda bir qiz ham ötirgandi. Men aytgan manzilga qarab ketarkanmiz, beixtiyor old örindiqdagi qizga közim tuşdi. Uning kiyimlari bir ahvolda, deyarli yarim-yalanğoç ekan. Şu vaqt qiz maşina magnitafoni tugmalarini bosa boşladi. U qildi - bu qildi, ança urindi, özi istagan narsani topolmagaç, yonidagi haydovçiga qarab: «Ada, özingiz qarang buni, falon narsaga qöying, men topolmayapman», deb qoldi. E'tibor bersam, uning tugmalarni bosa olmayotganiga tirnoqlarini nihoyatda östirib olgani xalal berayotgan ekan. Eng ajablanganim şundaki, avtomobilni boşqarib ketayotgan otasi qizining kiyinişiga mutlaqo beparvo edi. Şu holat menga qattiq ta'sir qildi. Nahotki ota öz qizini şu holatda köçaga çiqişiga, uni öz yonida olib yurişga qöyib bersa?! Balki qizini öqişga, işga, bozor yoki boşqa yerga olib borayotgandir. Ehtimol özini zamonaviy otalardan hisoblab, qizining istaganiça kiyinişiga qöyib berişidan faxrlanar ham! Mana, jum'a namozlariga asosan otalar, xonadon rahbarlari kelişadi. Balki ular orasida ham qizi, turmuş örtoğining oçiq-soçiq kiyinişiga e'tiborsizlar bordir. Etiborsizlar yoki buning katta ma'siyat ekanini bilmaganlar bölsa örgatiş, unutganlarning yodiga soliş uçun ham barçamizga qizlar tarbiyasidagi eng nozik tomonlar töğrisida, qiz-juvonlarning iffati, hayosi, iymon-e'tiqodi, axloq-odobini saqlaş uçun haqiqiy er yigitlar, otalar, aka-ukalar nimalar qilmoği töğrisida ma'ruza qilinsa», dedi.
Haqiqatan ham, hozirgi kunda şahrimizning har bir qadamida bu kabi holatlarni uçratiş mumkin. Bozorda işlaydigan sotuvçilar tomonidan ham xuddi şunday gaplar tez-tez tilga olinmoqda. Ayrim ota-onalar qizlarini kiyim-keçak dökoniga olib kirib, bir-biridan tor, yelkasi, orqasi oçiq ajnabiy liboslarni kiydirib körayotganini, hattoki otasi bularni kiydirib körib: «Yöq, bu yaraşmadi, bu unçalik odamni jalb qilib, öziga tortadigan emas ekan, beöxşov bölib qolding, yana ham yaxşiroğini, yana ham torroğini, yana ham kaltaroğini kiygin», deb tavsiya qilayotganiga ham guvoh bölayotganlar bor.












