Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikaning 2017-2019 yillardagi byudjyetini tasdiqlovçi qonunni imzoladi. Yangi yildan boşlab mamlakatda jarima va pensiya pullari oşiriladi. Bu haqda NUR.KZ xabar bermoqda.

2017 yilning 1 yanvaridan boşlab eng kam iş haqi 24 459 tengeni taşkil etadi. Bu körsatkiç 2016 yilda 22 859 tenge edi.
Pensiya miqdori ham 28 148 tengega oşadi. 2016 yilda bu qiymat 25 824 tenge edi. 

Nafaqalar va boşqa ijtimoiy tölovlarni amalga oşiriş, şuningdek, jarimalar, soliqlar Qozoğiston Respublikasi qonunçiligida körsatib ötilgan boşqa tölovlarni amalga oşiriş uçun qöllaniladigan oylik hisoblaş indeksi miqdori ham oşirilib, 2 269 tengega yetkazildi. 2016 yilda bu qiymat 2121 tengeni taşkil etar edi.