Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH missiyasi: Xorijiy mamlakatlar saylov o‘tkazishda O‘zbekistondan o‘rnak olsa arziydi
Qator xorijiy mamlakatlar saylovlarni tashkil etish va bevosita o‘tkazishni O‘zbekistondan o‘rgansa bo‘ladi. O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida MDH kuzatuvchilik missiyasiga rahbarlik qilgan Sergey Lebedev shunday fikrda.
"Saylovlar xotirjam va yuqori tashkilotchilik saviyasida bo‘lib o‘tgan", — degan Lebedev RIA Novosti agentligiga.
Uning qayd etishicha, "yildan yilga MDH mamlakatlarida saylovlarni tashkil etish jarayoni takomillashib bormoqda".
Saylov jarayoniga bosqichma-bosqich yangiliklar kiritilmoqda, bu esa, Hamdo‘stlik va O‘zbekistondagi saylovlarni "saylovning umume'tirof etilgan demokratik tamoyillariga moslashtirmoqda".
"Ko‘plab g‘arb kuzatuvchilari bilan suhbatlashganimda, bir necha marotaba, G‘arb mamlakatlari ham bu yerda saylovni tashkil etish borasida o‘rganadigan jihatlar borligini e'tirof etishdi. Xususan, biz saylovoldi kampaniyasining xotirjamlik ruhida bo‘lib o‘tganiga e'tibor qaratdik. Hech qanday asossiz xabarlar paydo bo‘lmadi", — deb izohlagan MDH ijroiya qo‘mitasi rahbari.
Lebedev O‘zbekistondagi prezidentlik saylovoldi kampaniyasini, ko‘plab miqdordagi mojarolar bilan yodda qolgan AQSh prezidentlik saylovi jarayoni bilan taqqoslagan,
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
08:43 / 11.06.2026