Özbekistonda prezident saylovida ovoz beriş jarayoni yakunlandi. Endilikda, komissiya a'zolari ovozlarni hisoblaşga kirişişgan. Saylovçilar esa natijalarni kutmoqda.

Ovoz berişlar töxtatilgan soat 20:00 holatiga köra, Özbekiston Prezidenti saylovida ovoz bergan saylovçilar soni 17 million 941 ming 955 nafarni yoki röyxatga olingan barça fuqarolarning 87,83 foizini taşkil etdi.

Saylov uçun Özbekistonda 9383ta saylov uçastkasi oçilgan. Xorijdagi özbekistonliklar uçun esa 44ta saylov uçastkasi faoliyati yölga qöyilgan. Ayni vaqtda xorijdagi saylov uçastkalarining 27tasida ovoz berişlar yakunlandi. Şu bilan birga Özbekistonning xorij mamlakatlarida joylaşgan qator saylov uçastkalarida ovoz beriş jarayoni davom etmoqda.

Avval aytilganidek, saylovning dastlabki yakunlari 5 dekabr, duşanba kuni e'lon qilinadi.

«Ertaga, 5 dekabr kuni soat 16:00 da ötkaziladigan brifingda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e'lon qilinadi», — degan Markaziy saylov komissiyasi raisi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari töğrisidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan keçiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e'lon qilinadi. Lekin odatda saylov natijalari saylov ötgandan söng 1 sutka içida e'lon qilinadi.

Saylov natijalari rasman e'lon qilingaç, 2 oy içida yangi prezident inauguratsiyasi taşkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi.

Özbekiston Prezidenti saylovida 4 nomzod – Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov, Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov iştirok etdi.