Donald Tramp iştirokida Nyu-Yorkning Long-Aylend tumanida "Yovuzlar va qahramonlar" bali ötkazildi. Bu haqda Politico xabar berdi. 

Naşr manbalarining aytişiça, Tramp balga qora kostyum va galstukda taşrif buyurgan.

Trampdan u kimning "qiyofasida" kelganligi söralganda, AQŞning yangi prezidenti barmoği bilan öziga körsatib, "Özimning qiyofamda", deb javob bergan. Tramp bilan oila a'zolaridan heç kim bölmagan, u köngiloçar keçaga yordamçisi Kellienn Konuey bilan birga kelgan. Konuey esa xöjayinidan farqli ravişda, keçaga "superqiz" kostyumida kelgan. Ular bilan birga Trampning boş maslahatçisi Stiv Bennon ham bölgan. U ham heç qanday maskarad kiyimlarisiz, jiddiy körinişda bölgan.

Har yilgi an'anaviy bal taşkilotçisi Trampning saylov kampaniyasi asosiy homiysi – Merserlar oilasi böldi.

3 dekabrda Nyu-Yorkning 100 mingga yaqin aholisi Donald Trampning 20 yanvardagi inauguratsiyasidan keyin uning rafiqasi Melaniya şaharni tark etişi talab qilingan petitsiyani imzolaşgandi.

Petitsiyada aytilişiça, "Melaniya turmuş örtoği prezidentlik vazifalarini bajarişga kirişgaç, özining dizaynerlik jamodonlarini olib, keyingi yil yanvarida şaharni tark etişi kerak". Petitsiyaga imzo çekkanlar Melaniyaga "Oq uyga zudlik bilan köçib ötişni" tavsiya qilişgan.

Biroq petitsiya mualliflarining aytişiça, agar Melaniyani qöriqlaş böyiça sarf-xarajatlar şahar byudjyetidan Trampning öziga yuklansa, unda ular bölğusi birinçi xonimning Nyu-Yorkda qolişiga qarşi emaslar. Bunga ketadigan xarajatlar esa "yöllar, maktablar, şifoxonalar qurişga va yangi iş örinlarini yaratişga" sarflanadi.  

Trampning rafiqasini qöriqlaş kuniga bir million dollarga aylanmoqda.