Şu haftada Stokgolm va Oslo şaharlarida şvetsiyalik kimyogar, ixtiroçi Alfred Nobel nomli xalqaro mukofotning 2016 yilgi yilgi sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötadi. Nobel mukofoti sovrindorlari nomi oktabr oyida e'lon qilingan edi. 

Fiziologiya yoki tibbiyot sohasida 2016 yilgi Nobel mukofoti Tokio texnologiya institutining yaponiyalik professori Yosinori Osumiga autofagiya mexanizmini kaşf qilgani uçun taqdim etiladi. 

Fizika böyiça sovrin topologik fazali ötkaziş va materiyaning topologik bosqiçlari nazariyasini kaşf qilgan uç nafar tadqiqotçi — Devid Tauless,  (Vaşington ştatining Sietldagi universiteti, AQŞ), Dunkan Xoldeyn (Prinston universiteti, AQŞ) va Maykl Kosterlits (Braun universiteti, AQŞ)ga beriladi.

Kimyo yönalişi böyiça mukofot molekulyar maşinani işlab çiqib, unda sintezni amalga oşirgan professorlar Jan-Per Savaj (Fransiya Strasburg universiteti), Freyzer Stoddart (Evanston şimoli-ğarbiy universiteti, AQŞ) va Bernard Feringga (Groningen universiteti, Niderlandiya) taqdim etiladi.

Adabiyot böyiça Nobel mukofotiga amerikalik taniqli şoir, ijroçi va kompozitor Bob Dilan munosib körildi.

Bu yilgi Tinçlik Nobel sovrini Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga 50 yildan ortiq davom etgan fuqarolik uruşiga barham beriş yölida amalga oşirgan sa'y-harakatlari uçun beriladi.