Yevroittifoq 2017 yildan e'tiboran taşkilot hududiga kirayotgan yoki undan çiqayotgan har bir kişini yangi uslubda tekşirişni joriy qilişi mumkin. YeIning yangi qonun loyihasida ularni Yevropol manbalari orqali tekşiriş nazarda tutilgan. Hujjat Yevroparlament va YeI Kengaşi ekspertlar guruhi tomonidan ma'qullangani xabar qilinmoqda.
Euobserver internet naşrining xabar qilişiça, bu çoralar, jumladan, Suriya va Iroqdan YeIga qaytayotgan terrorçilarni aniqlaş maqsadida amalga oşiriladi.
Hozirda Yevropaga sayohat qilayotganlar Şengen axborot tizimi orqali tekşiriladi. Unda, YeIga kiruvçi va undan çiquvçilarga oid pasport ma'lumotlari aks etadi, xolos. Qonun loyihasi YeIning barça institutlari tomonidan tasdiqlansa, fuqarolarning biometrik, xususan barmoq izlariga doir ma'lumotlar yagona axborot manbaiga kiritiladi.
2015 yilda Şengen hududi mamlakatlarida 200 milliondan ortiq kişi bölgan, deb xabar qilmoqda EUobserver.
















