Özbekistonning saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev Mustaqil davlat hamdöstligini saqlab qoliş va uning faoliyatini takomillaştiriş hamda yanada rivojlantiriş zarurligiga işonçi komil. Bu haqda MDH Ijroiya qömitasi rahbari Sergey Lebedev RIA Novosti agentligiga ma'lum qilgan. 

2016 yil 2 sentabrida 78 yoşida Özbekiston birinçi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan edi. Şundan söng, respublika MSK navbatdan taşqari prezidentlik saylovi ötkaziş jarayonini e'lon qildi. 2016 yil 4 dekabrda bölib ötgan saylovda, MSK ma'lumotlariga köra, Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz töplab, işonçli ğalaba qozondi. Lebedev yangi saylangan prezident bilan uçraşgan ilk xorijiy mamlakat va xalqaro taşkilot vakili böldi. 

"Saylangan Prezident bilan mazmunli suhbat bölib ötdi. Saylangan Prezident sözlariga köra, u avvalgi davlat rahbari Islom Karimov olib borgan yölni davom ettiriş, MDHni saqlab qoliş va mustahkamlaş hamda Özbekistonning Hamdöstlik doirasidagi integratsiya jarayonida faol iştirok etişini xohlaydi", — degan Lebedev.

MDH Ijroiya qömitasi rahbarining qayd etişiça, Mirziyoyev integratsiya jarayoni birlaşmaga a'zo davlatlarning manfaatlariga javob berişi kerak deb hisoblaydi. 

"Özbekistonning MDHdagi a'zoligi uning manfaatlariga javob beradi", — degan agentlik suhbatdoşi. 

Lebedevga köra, Özbekistonning saylangan Prezidentining aytişiça, "ğarb mamlakatlarining MDH mamlakatlariga sanksiyalar joriy qilişi munosabati bilan özaro bir-birimiz bilan qalin hamkorlik qilişimiz kerak".

Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) — sobiq SSSR tarkibiga kirgan aksar ittifoqçi respublikalardan taşkil topgan davlatlararo birlaşma bölib, 1991 yil 8 dekabrda taşkil topgan.  Öşanda, Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina rahbarlari uni taşkil etiş böyiça şartnomani imzolaşgan edi. Hozirda, uning tarkibiga Ozarboyjon, Armaniston, Belorus, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Ukraina kiradi.