Venesuelada istiqomat qiluvçi ayollar, mamlakatda davom etayotgan jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz tufayli taom, bolalar tagligi va dorilar uçun soçlarini sotişga majbur bölmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, sönggi haftalarda pul topişning bu usuli ança keng tarqalmoqda. Venesuelaning San-Antonio şahrini Kolumbiyaning La-Parada şahri bilan boğlovçi köprigida önlab kişilar soç xarid qilişni aytib turişadi. 

Agentlik ma'lumotlariga köra, kuniga taxminan 200 nafar ayol Kolumbiya hududidagi qölbola punktlardan biriga keladi. Bu yerdan olingan soçlar Kolumbiyaning Kali şahrida sotiladi. 

45 yoşli sotuvçi ayol Selina Gonzales bir soatlar navbatda turib, soçini 60 ming Kolumbiya pesosi (taxminan 20 dollar)ga sotgan. Bu Venesuelada eng kam oylik iş haqi va taom uçun beriladigan talon qiymatiga tengdir. 

Venesuela axborot vazirligida agentlikning savoliga izoh berişmagan. 

Hozirda, Venesuelada milliy pul birligi – bolivarning haddan ortiq qadrsizlanişi va giperinflyatsiya kuzatilmoqda. Şu sababli sotuvçilar pullarni tarozuda ölçab olişayapti.