AQŞ harbiy-dengiz kuçlari va mamlakat energetika vazirligi hamkorlikda Aydaho ştatida 1,65 mlrd dollarlik inşoot barpo etişini e'lon qildi. Öziga xos maxsus yadro çiqindixonasi bölgan binoda harbiy va suvosti kemalaridan çiqqan yadro yoqilğisi qoldiqlari saqlanadi. 

Yangi inşootni Aydaho milliy laboratoriyasining 2,3 ming kvadrat kilometrlik maydonida barpo etiş rejalaştirilgan. U AQŞning atom energetikasi sohasidagi tadqiqotlar ötkazadigan muhim obektlaridan biridir. 

Mazkur laboratoriya 1957 yildan beri Amerika harbiy kemalarining yadro çiqindilarini qabul qiladi. Yangi bino quriş majburiyati mavjud korxonalarning ança eskirgani va yangi turdagi harbiy kemalardan keltiriladigan yadro qoldiqlarini qabul qila olmasligi bilan izohlanadi. 

Inşootni qurişga tayyorgarlik 2017 yilda boşlanadi. Quriliş işlari 2020 yil boşlarida yakunlanadi. U 2060 yilgaça xizmat qilişi rejalaştirilgan.