Germaniyaning Opel kompaniyasi yangi avlod Insignia xetçbekini namoyiş etdi. U Grand Sport deb nomlangan. Modelning platformasi yangilangan bölib, moslaşuvçi şassiga ham ega bölgan. Bu şassi har bir haydovçining avtomobilni boşqariş uslubiga moslaşa oladi. 

Yangi avlod Opel Insignia kelgusi yil mart oyida Jyenevada bölib ötadigan motorşouda rasman taqdim etiladi. 

Insignia modeli Chevrolet Malibu avtomobiliga asos bölgan yangi E2XX platformada işlab çiqilgan. U avvalgisidan 55 mm uzunroq böladi. Şunga köra, uning ğildiraklar bazasi ham 92 mmga kengayadi. Ğildiraklar ölçami ham 10 mmga kattalaşadi. Şu bilan birga, qanotlari çegarasi 30 mmga pasayadi. Model ayrim namunalarida avvalgisidan 175 kg yengilroq böladi. 

Xetçbek barça ğildiraklarni yetakçiga aylantiradigan yangi tizimga ham ega bölgan. 

FlexRide moslaşuvçan şassisida uçta: Standard, Sport va Tour tartibi bölib, haydovçi özi istaganini tanlay oladi. Şundan söng, amortizatorlar, rul boşqaruvi, sakkiz bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi, barqarorlaştiriş tizimlari va tezlik pedali sozlanmalari özgaradi. Bundan taşqari, avtomobil elektronikasi haydovçining boşqariş uslubini tahlil qilgan holda yangi sozlanmani ham işlab çiqişi mumkin.