AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp öziga tegişli bölgan barça aksiyalarni sotib yubordi, deb yozadi The Washington Post.

Xabar qilinişiça, Tramp özining ba'zi bir banklar, neft kompaniyalari va boşqa korporatsiyalardagi aksiyalarini sotib yuborgan. Bu holat iyunda yuz bergan bölib, tadbirkorning prezidentlik lavozimi uçun kuraş olib borayotganida turli mojarolar kelib çiqmasligi uçun qilingan.

Aktsiyalarni sotiş saylangan prezidentga özining saylovoldi kampaniyasini qöşimça tarzda moliyalaştiriş imkonini berdi.

Ma'lumot uçun, AQŞning saylangan prezidenti moliyaviy ahvoli haqidagi ma'lumotlarni 2018 yilning may oyiga qadar oşkor etmaslikka haqqi bor.