Moliyalaştiriş yetişmasligiga qaramasdan, Eronda ballistik raketalar işlab çiqariş hajmi oşmoqda. Bu haqda Tasnim axborot agentligiga Eron armiyasining harbiy-koinot kuçlari qömondoni, general Amir Ali Hojizoda ma'lum qildi.  

"Moliyalaştiriş yetişmasligiga qaramasdan, bizning mutaxassislar ballistik raketalarni yaratişdagi xarajatlarni kamaytirişga muvaffaq bölişdi. Natijada biz bugun işlab çiqariş hajmi oşganini körmoqdamiz", deb aytdi general. Uning aytişiça, Eron mudofaa-sanoat majmuasining raketa texnikasi sohasidagi asosiy yönalişlar "uning aniqligi va sifatini oşiriş" hisoblanadi.

"Eron oldida turgan va AQŞ boşçiligidagi yovuz kuçlar tomonidan yaratilayotgan xatarlarga qarşi turişning yagona yöli mamlakat rahbarining (oyatulloh Ali Hameneiy) körsatmalarini sözsiz bajarişimiz hisoblanadi. Aynan şu körsatmalar tufayli ayni vaqtda biz harbiy-sanoat majmuasining köplab sohalarida öz-özimizni ta'minlaşga erişdik", deb aytdi general. 

Oxirgi vaqtda Ğarb Eron raketa dasturining rivojlanişidan, xususan, ballistik raketalar sinov parvozlari ötkazilişidan xavotir bildirmoqda. Biroq Tehron bu sinovlar Eron mudofaa salohiyatini mustahkamlaş doirasida ötkazilayotgani va heç qanday vaziyatda bahslar va muzokaralarga mavzu bölmasligi kerakligini ta'kidlab kelmoqda.