Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi
Foto: vc.ru
Instagram ilovasi mualliflari foydalanuvchi xohish-istaklarini inobatga olib qator yangiliklarni jory qildi. Endilikda, turli izohlarni ko‘rmaslik uchun ular haqida ogohlantirishni o‘chirib qo‘yib, obunachilarni yo‘q qilish hamda izohning «yoqqan»ini «yoqdi» tugmachasini bosish bilan izhor qilish mumkin. Xizmat blogida aytilishicha, yaqin haftalarda ushbu funksiyalardan to‘la foydalanish mumkin bo‘ladi.
Shundan so‘ng, foydalanuvchilar o‘zlarining aniq bir e'loni uchun izoh qoldirishni taqiqlab qo‘yishi mumkin. Buning uchun surat yoki video ekranida qo‘shimcha parametrlarni ochib, unda «Izohlarni o‘chirib qo‘yish» buyrug‘ini tanlash lozim bo‘ladi.
Ayni yangilik eng ahamiyatlilaridan biridir, db yozadi TechCrunch. Chunki, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy va tahqirlash mazmunidagi izohlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar sahifasiga obuna bo‘lganlarni bloklash o‘rniga o‘chirib yuborish imkoniga ham ega bo‘lishgan. Obunachilar esa bu haqda hech qanday ogohlantirish olmaydi. Shu bilan oshkora sahifani yopish qulaylashtiriladi, deb izoh bergan Instagram.

Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
23:44 / 14.10.2025
Instagram o‘smirlar uchun yangi cheklovlarni joriy qildi
23:38 / 07.10.2025
Instagram mualliflar uchun Rings mukofotini ta’sis etdi
22:04 / 07.10.2025