Amerika harbiy dengiz kuçlarining Guantanamoda (Kuba) joylaşgan qamoqxonasi AQŞ faoliyatidagi doğ hisoblanadi. Bu haqda AQŞ prezidenti Barak Obama mamlakat harbiy havo kuçlarining Florida ştatida joylaşgan Makdil bazasidagi çiqişida aytib ötgan.

Obamaning tan olişiça, “Guantanamoni yopişning allaqaçon vaqti bölgan”. Ammo bu iş hamon bajarilmagan. Obama bularning barçasiga AQŞ Kongressini töla aybladi. Uning sözlariga köra, “AQŞ Kubada 60ga yaqin mahbusni uşlab turiş uçun millionlab dollar pulni havoga sovurmoqda”.

"Agar Kongress öz yönalişini özgartirmasa, tarix unga özining ayançli bahosini qöyadi", - dedi Obama. Amerikalik yetakçi “millatga doğ bölib turgan bu holatni yöq etiş uçun” barça imkoniyatlardan foydalanişini va'da qilgan.

Ma'lumot uçun: Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilda AQŞ prezidentlaridan biri kiçik Jorj Buş tomonidan taşkil etilgan edi.