AQŞ prezidenti Barak Obama Vaşingtonning Iroqda Saddam Husayn tuzumini ağdariş böyiça harbiy operatsiya vaqtida yöl qöygan xatolari IŞID terrorçilik guruhi paydo bölişining sabablaridan biri bölganini aytdi.  

Ma'lum qilinişiça, Obama bu haqda AQŞ harbiy-havo kuçlarining Makdil bazasidagi terrorçilikka qarşi kuraş haqidagi nutqida aytib ötdi.

"Biz 2003 yilgi bostirib kirişning ba'zi xatolarini takrorlaşdan boş tortdik. Bu xatolar keyinçalik IŞID nomi bilan tanilgan taşkilotning ösişiga turtki bergan", deb aytdi Obama.

Avvalroq Pentagon rahbari Eşton Karter AQŞ boşçiligidagi koalitsiya qurolli kuçlari IŞID yöq qilingandan keyin ham Iroqda öz faoliyatini yakunlamasligi kerakligini aytgandi.