«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoği guruh ma'murlariga pul ötkaziş tizimini işga tuşirdi. Bu haqda tarmoq vakillariga tayangan holda www.vc.ru sayti xabar qilmoqda.
Şunday qilib, tarmoq foydalanuvçilari özi a'zo bölgan guruh xizmati uçun haq tölaşi, guruhni rivojlantirişga hissa qöşişi yoki hayr-ehson qilişi mumkin. Pul ötkaziş tugmasi guruh timsoli pastida joylaşgan.
Dastavval, guruh ma'muri bank kartoçkasi raqamini elektron jamiyat sozlanmasiga kiritişi talab etiladi.
Har bir pul ötkazmasi uçun foydalanuvçidan komissiya olinadi. Uning miqdori bank, mablağ hajmi va tölov tizimiga boğliq böladi. Xususan, Visa kartasidan 100 dan 1 ming rublgaça 35 rubl xizmat haqi olinadi. 1 mingdan 5 minggaça bu raqam 50 rublni taşkil etadi.
Şu bilan birga, birinçi bosqiçda «Odnoklassniki» MasterCard va Maestro kartalaridan ötkazilgan pul ötkazmalaridan haq olmasligi belgilangan.
Foydalanuvçilar esa bir kunda köpi bilan 100 ming rubl, bir oyda 500 ming rubldan ortiq mablağni ötkaza olmaydi. Tölovlarni qayta işlaş amaliyotini «VTB24» banki bajaradi.
2016 yil sentabr oyida «VKontakte» ijtimoiy tarmoği ham şu kabi tölovni joriy qilgan edi. U ham «Odnoklassniki» kabi Mail.Ru Group kompaniyasiga tegişli.

















