Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev Aleksandr Van der Bellenni Avstriya Respublikasi Federal prezidenti etib saylanganligi bilan tabrikladi.
Özbekiston TIV saytida keltirilgan maktub matnida ta'kidlanganidek, mamlakatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi sermahsul hamkorlikni izçil rivojlantiriş va kengaytiriş uçun keng imkoniyatlarga ega.
Şavkat Mirziyoyev Aleksandr Van der Bellenning yuqori lavozimdagi faoliyati mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga yönaltirilgan Özbekiston va Avstriya örtasidagi har ikki tomon manfaatlarini hurmat qiliş va hisobga olişga asoslangan an'anaviy döstona va yaqin munosabatlarni mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirdi.












