Turkiya mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi özining valyutadagi aktivlarini turk lirasiga ötkazdi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Jamğarma bu qarorni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan çaqiriği bilan qabul qildi. 7 dekabrdan milliy valyutaga konvertatsiya qilingan mablağlar 262,7 mln dollar va 31,3 mln yevroni taşkil qildi. 

Avvalroq 7 dekabrda bunday qarorni mamlakat energetika bozorini tartibga soluvçi boşqarma qabul qilganini ma'lum qilgandi: Turkiyada gazni taqsimlaş böyiça tenderlarning ötkazilişidagi hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oşiriladi.    

Bundan bir kun avval Turkiyaning xususiylaştiriş masalalari böyiça ma'muriyati ham tender operatsiyalarini faqatgina lirada ötkazişini ma'lum qilgandi. Istanbul birjasi ham barça naqd pul mablağlarini milliy valyutaga ötkaziş va unda saqlaşini ma'lum qilgan. 

2 dekabrda liraning dollarga nisbatan kursi tarixiy minimumgaça, ya'ni bir dollarga 3,54 liragaça tuşib ketdi. Erdöğan Turkiya duşmanlari valyutalar kursini manipulyatsiya qilib, Anqaraga iqtisodiy bosim ötkazişga harakat qilayotganini aytgan.

Erdöğanning fikriça, bu yovuz niyatli harakatlarni yengib ötiş uçun fuqarolar dollarlarni turk lirasi va oltinga ayirboşlaşi kerak.