Glassdoor tadqiqot kompaniyasi 2016 yilda xodimlar sörovnomasi yakunlariga köra, AQŞda işlaş uçun eng yaxşi kompaniyalar reytingini taqdim etdi. 

Reyting "2017 yilda işlaş uçun eng yaxşi iş joylari - xodimlar tanlovi" nomini oldi. U  xodimlarning baholariga asoslanadi va 2016 yilgi ma'lumotlarni hisobga oladi. Hisobotda nafaqat iş haqi, balki işçilar uçun imtiyozlar, dam oliş ta'tillari, ösiş imkoniyatlari hamda kompaniyadagi atmosfera inobatga olingan. 

Top-10 röyxatiga tört AT-kompaniya kirgan. Glassdoor hisobotiga köra, Facebook birinçilikni Nyu-Yorkning Bain & Company agentligiga boy berib, AQŞ kompaniyalari orasida ikkinçi örinni egallagan. Birinçi önlikda şuningdek Google, LinkedIn va Adobe kompaniyalari qayd etilgan. 

AQŞda işlaş uçun eng yaxşi top-20 kompaniya:
 

1.  Bain & Company
2.  Facebook
3.  Boston Consulting Group
4.  Google
5.  World Wide Technology
6.  Fast Enterperises
7.  In-N-Out Burger
8.  LinkedIn
9.  Adobe
10.  Power Home Remodeling
11.  McKinsey & Company
12.  Clorox
13.  Nestle Purina PetCare
14.  Paylocity
15.  SAP
16.  MathWorks
17.  Salesforce
18.  Forrester
19.  The Church of Jesus Christ of Latter Day Saints
20.  Intuit

Airbnb - 35, Apple - 36, Microsoft - 37- örinni egalladi.