Amerikalik aktyor Leonardo DiKaprio va uning jamğarmasi rahbari Terri Tamminen AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uçraşdi, deb xabar beradi Associated Press. Uçraşuv Nyu-Yorkda bölib ötgan.

Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qiliş boğliq işlarning iqtisodiyotga ta'sirini muhokama qilişdi. Leonardo DiCaprio Foundation rahbari bölgan Tamminenning aytişiça, ular saylangan prezident, uning qizi Ivanka Tramp va prezident jamoasining boşqa a'zolariga qayta tiklanuvçi quvvat manbalari millionlab yangi iş örinlarini yaratişga yordam berişini körsatib berişgan.

Ma'lumot uçun, DiKaprio iqlim özgarişi va yovvoyi tabiatni asrab qoliş uçun faol kuraş olib boradi. Yaqinda esa uning iştirokidagi “Sayyorani qutqariş” nomli hujjatli film çiqdi. 

Xabarlarga köra, Tramp aktyorga yanvar oyida yana bir bor uçraşişni taklif qilgan.