Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning farmonlariga muvofiq Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantiriş, yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini mustahkamlaşga katta hissa qöşgan, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarda fidoyilik körsatgan bir guruh vatandoşlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
"Özbekiston" anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni ana şu yuksak mukofotlarni tantanali topşiriş marosimi böldi.
– Avvalambor, siz, azizlar bilan bugun mana şunday kötarinki, samimiy kayfiyatda körişib turganimizdan ğoyat xursandman, – dedi Özbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev. – Barçangizga qalbimda bölgan çuqur hurmat va ehtiromimni izhor etişga ruxsat bergaysiz.
Mustaqillik yillarida yurtimizda köplab yaxşi an'analar paydo böldi. Bugungi uçraşuvimiz ham ayni şunday an'analarning davomidir. Bunday gözal marosimlarga Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov asos solganini barçamiz yaxşi bilamiz.
Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida bir guruh yurtdoşlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Bugun sizlarga davlatimizning ana şu faxriy unvonlari, orden va medallarini topşirişni özim uçun katta şaraf, deb bilaman.
Biz mamlakatimizda erkin va ozod, adolatli, insonparvar jamiyat barpo etmoqdamiz. Şu borada odamlarimizning halol mehnatiga hurmat bilan qaraş, ularning qadr-qimmatini munosib baholaşni özimizning boş maqsadimiz, deb bilamiz.
Şu örinda istiqlol yillarida 29 ming 170 yurtdoşimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlanganini aytiş lozim. Albatta, gap faqat mukofotlarning sonida emas. Bu mukofotlar, avvalo, Vatanimiz ravnaqiga beqiyos hissa qöşib kelayotgan minglab yurtdoşlarimizni munosib taqdirlaşga xizmat qilayotgani bilan ğoyat ahamiyatlidir.
Şunday muhtaram insonlar orasida Özbekistonda yaşayotgan barça millat va elat vakillarining borligi hammamizni quvontiradi, deb ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.
Bugungi xursandçilik kunda omilkor dehqon va fermerlarimizga, sanoat korxonalari va quriliş maydonlarida ter tökib işlayotgan işçi-muhandislarimizga, tinçligimiz posboni bölgan jasur harbiylarimizga har qança tasannolar aytsak arziydi.
Vatanimizning eng oliy mukofoti – Özbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan fidoyi muallima Muhabbat Şaropovani, mohir temir yöl quruvçisi Erkin Ummatovni, usta dehqon, fermer Şaripboy Rajabovni, maşhur şifokor Ravşanbek Qurbonovni barçamiz çin qalbdan muborakbod etamiz.
















