Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovdan özbek xalqiga nihoyatda ulkan moddiy, madaniy, ma'naviy, ilmiy va huquqiy meros sifatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoldi.

Boş Qomus Özbekistonda röy berayotgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalardagi ulkan özgariş va yangilanişlar, amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, aholi turmuş farovonligini yuksaltirişning huquqiy asosi va işonç¬li kafolati bölib xizmat qilmoqda.

Har tomonlama jahon andozalariga, xalqaro me'yorlar, demokratik tamoyillarga javob beradigan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi uzoq muddatli izlanişlar, bahs-munozaralar, muhokama va tahrirlarning mevasi hisoblanadi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qiliş tarixiga nazar taşlaydigan bölsak, öşa payt¬dagi qonun çiqaruvçi hokimiyat — Özbekiston SSR Oliy Kengaşining 1990 yil martda bölib ötgan sessiyasida Islom Karimovning taşabbusi bilan Asosiy Qonunga özgartiş kiritilgan va Prezident boşqaruvini joriy etiş töğrisidagi qonun qabul qilingandi.

Oliy Kengaşning öşa yili iyunda bölib ötgan ikkinçi sessiyasida bu xususda bir qarorga kelindi va Respublika Prezidenti Islom Karimov raisligida 64 kişidan iborat Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasi vakillari, davlat va jamoat arboblari, ijodkor ziyolilar, olimlar, iqtisodiyotning turli sohalari mutaxassislari kiritildi. 

Oliy Kengaşning 1992 yil 8 dekabrda bölib ötgan sessiyasida 128 moddadan iborat Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
«Uning loyihasi ustida ikki yil davomida işladik, — degan edi Özbekistonning Birinçi Prezidenti öşa majlisdagi ma'ruzasida, — u ikki yarim oy mobaynida xalq muhokamasidan ötdi, xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitildi, sayqal topdi».

Huquq qölga kiritilgaç, mustaqil bölgaç, özbek xalqi murakkab globallaşuv şaroitida dunyo ahli bilan baravar qadam taşlaşga qodir millatga aylandi.

Özbekistonning jahon miqyosida nufuzi ortdi, şon-şuhrati yuksaldi, mustaqillikning siyosiy va iqtisodiy negizi mustahkamlandi.