«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino  Yevropa ligasining 6-turida Luganskning «Zarya» klubiga qarşi uçraşuv oldidan fikrlarini bildirib ötdi.

U Odessa şahridagi maydon gazoni holatidan noroziligini bildirgan. «Zarya»ga qarşi öyin şu stadionda ötkaziladi.

«Bu stadion maydoni muzlagan va juda sirpançiq holatga kelgan. Menimça, UYeFA yilning bu davrida Ukraina va Şarqiy Yevropaning boşqa mamlakatlarida maydon holati qay darajada bölişini yaxşi biladi. Agar jamoalar manfaatini hisobga olganida, dekabr oyi örtasida bu yerda öyin ötkazmagan bölardi.

Bu jiddiy muammo. Ular (maydon egalari) gazon holatini yaxşilaş uçun harakat qilişdi, ammo ular mö'jiza sodir eta olişmaydiku. Barçasi yaxşi tugaşiga umid qilamiz», - deya Mourinoning sözlarini keltirgan Sky Sports.

«Zarya» - «Mançester Yunayted» bahsi Toşkent vaqti bilan 8 dekabr, soat 23:00da boşlanadi.