Neymar «Oltin to‘p»ga kim haqli ekanini aytdi

«Barselona» hujumchisi Neymar 2016 yilgi «Oltin to‘p» sovriniga kim loyiqligi haqida fikrlarini aytdi.
«Kim g‘olib chiqishini bilmayman. Men uchun bu sovringa munosib bitta nomzod bor - bu eng yaxshi o‘yinchi, ya'ni Messi. Agar futbol va o‘yin sifati borasida gapirsak, bu Leo.
Ronaldu - juda kuchli futbolchi. Men Ronalduni qattiq hurmat qilaman, ammo «Oltin to‘p»ga Messi munosib deb o‘ylayman», - deya Neymarning so‘zlarini keltirgan Gol telekanali sayti.
Ayni vaqtda bu mukofot uchun Ronaldu va Messidan tashqari, Antuan Grizmann da'vogar.
Bundan oldinroq nashrlarda «Oltin to‘p» Ronalduga topshirilishi, uning o‘zi ham bu haqda xabardor qilingani haqida aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yildan yilning eng yaxshi futbolchisiga «Oltin to‘p» France Football topshiriladigan bo‘ldi.
France Football jurnali 1956 yildan boshlab «Oltin to‘p» mukofotini eng yaxshi futbolchiga topshirib kelgan edi. 1988 yilda esa FIFA «Yil futbolchisi» mukofotini joriy etdi.
2010 yilda jurnal tahririyati va FIFA besh yillik shartnoma imzolagan edi. Unga ko‘ra, FIFA milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va OAV vakillari ovozi orqali «Oltin to‘p» mukofotini topshirib borishi ko‘zda tutilgan edi.
«Oltin to‘p» mukofotini FIFA topshirishni boshlaganidan buyon unga faqatgina ikki futbolchi — «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (2010, 2011, 2012, 2015) hamda «Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu (2013, 2014) qo‘lga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston | 12:44
-
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Jahon | 12:41
-
Buloqboshida suv toshqini yuzaga keldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Van Universal Motors “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida FAW texnikalarining yangi modellari bilan qatnashdi
O‘zbekiston | 12:25
Mavzuga oid

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi

05:19 / 28.01.2025
Rasman: «Al Hilol» va Neymar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi

10:50 / 01.11.2024