13 yildan buyon Özbekiston hukumatini boşqarib kelgan Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 4 dekabridagi Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz töplab ğolib çiqdi. Yangi saylangan prezidentning inauguratsiya marosimi yangi yilgaça bölib ötişi aytilgan.

Ayni vaqtda Özbekiston aholisi hukumatga yangi boş vazir kelişini kutmoqda.

Tafsilot.uz saytining eslatişiça, Boş vazir lavozimi Özbekistonda 1992 yil 4 yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatilişi ortidan taşkil etilgan edi.

Özbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasiga köra Boş vazir:

— Vazirlar Mahkamasi faoliyatini taşkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali işlaşi uçun şaxsan javobgar böladi;

— Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;

— xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan iş köradi;

— Özbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boşqa vazifalarni bajaradi.

Özbekistonning navbatdagi boş vaziri ham Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati − Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili böladi.

2014 yil 21 dekabrda ötkazilgan parlament saylovi yakunlariga köra Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi eng köp − 52ta deputatlik örniga ega bölib, Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan boş vazir nomzodini ilgari suriş huquqini qölga kiritgan, partiya Şavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan va u köp ötmay prezident tomonidan lavozimga qayta tasdiqlangandi.

Kun.uz sayti ayni vaqtdagi dolzarb masalaga öquvçilari e'tiborini tortib, bu borada sörovnoma taşkil qildi. Quyidagi sörovnomada sayt öquvçilari keltirilgan ehtimoliy nomzodlar orasidan öz tanlovlarini amalga oşirişi va jamoatçilik fikrini ifodalaşda hissa qöşişlari mumkin.

- Komilov Abdulaziz Hafizoviç — Taşqi işlar vaziri 

- Azimov Rustam Sodiqoviç