Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blatter Infantinoga advokatlar bilan tahdid qildi
FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning hozirgi rahbari Janni Infantinoni o‘ziga nisbatan hurmatsizlik qilishda aybladi.
Blatter o‘tgan yilning yozida korruptsion mojaro tufayli iste'foga chiqqan, 2016 yil fevralida uning o‘rniga Infantino saylangandi.
«Men hech qachon bunaqasini ko‘rmagandim. Shu vaqtgacha yangi prezident sobiq prezidentga bunday hurmatsizlik ko‘rsatgan emas.
Uni saylashganida aloqa qilib turardik. U menikiga kelar, u bilan suhbatlashar edik. Men unga tashkilotga beradigan bir qator savollarim borligini aytgandim. Men unga maktub yozdim, unga qo‘ng‘iroqlar qildim, ammo biron marta javob bo‘lmadi.
Savollar yechilmay qolmoqda, endi buni advokatlar vositasida hal qilamiz», — deya Blatterning so‘zlarini keltirgan BBC.
Mavzuga oid
11:50 / 23.11.2018
Blatter FIFAni Infantinoga qarshi tekshiruv boshlashga chaqirdi
09:10 / 28.03.2017
Infantino Messi va Ronalduni taqqosladi va kim yaxshiroqligini aytdi
10:21 / 01.03.2017
JCh-2026’da konfederatsiyalarga nechtadan o‘rin ajratiladi?
16:53 / 16.02.2017