BMT XK yaqin kunlarda taşkilotning Boş kotibi Pan Gi Munning faoliyati davomida xizmatlarini e'tirof etiş maqsadida maxsus rezolyutsiyani qabul qilişni rejalaştirmoqda. XK saytida joylaştirilgan işlar rejasiga köra, hujjat böyiça ovoz beriş jarayoni 72 yoşli Pan Gi Mun öz lavozimini tark etişidan ikki yarim hafta avval, 14 dekabr kuni bölib ötadi. U 2007 yil birinçi yanvaridan eng yirik xalqaro tuzilma Boş kotibligi vazifasini bajarişga kirişgan edi. Şu munosabat bilan, RIA Novosti axborot agentligi BMT Boş kotibining faoliyatiga nazar solişga uringan.
Diplomatlarning ma'lumotlariga köra, XK rezolyutsiyasida Pan Gi Munning öz vazifasini bajarişdagi ilgari surgan siyosiy va diplomatik taşabbuslari aks etadi.
Xususan, Barqaror taraqqiyot dasturi, ötgan oyda kuçga kirgan Iqlim böyiça Parij kelişuvi şular jumlasidan. Bundan taşqari, hujjat loyihasida ta'kidlanişiça, Pan Gi Mun ayollar huquqlari, gender tengligi uçun kuraşgani va BMTni isloh qiliş borasida sa'y-harakatlar qilgani qayd etilgan.
Garçi, tanqidçilar Pan Gi Mun tomonidan ilgari surilgan va yiliga 4,5 trln dollar mablağ talab qiladigan Barqaror taraqqiyot dasturini töliq amalga oşiriş imkonsizligini ta'kidlaşsa-da, xalqaro hamjamiyat kuçlarini birlaştiriş öz samaralarini bera boşladi.
Jumladan, BMT ma'lumotlariga köra, sönggi 25 yilda bolalar ölimi 2 martaga qisqargan, sayyora aholisining 1 mlrddan ortiği qaşşoqlik balosini unutgan. Şunga qaramay, 900 mln atrofidagi inson qaşşoqlikka yaqin şaroitda kun keçirmoqda.
Iqlim özgarişlari va uning salbiy oqibatlariga qarşi kuraşiş böyiça imzolangan Parij bitimi eng tez sur'atda kuçga kirgan xalqaro şartnoma sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi.
Pan Gi Mun boşqaruvi vaqtida, albatta, köngilsizliklar ham bölib turdi. Xususan, Boş kotib 2010 yil Haitida yuz bergan dahşatli zilziladan söng, vabo tarqalişida ayblangan taşkilot tinçlikparvar kuçlarining mas'uliyatsizligi uçun uzr söraşga majbur böldi. Albatta, Boş kotib ayblovlarni rad etgan holda keçirim söradi.
Bundan taşqari, BMT rahbari tinçlikparvar kuçlarning Markaziy Afrika Respublikasidagi faoliyati uçun ham uzr söraşiga töğri keldi. Bu yerda faoliyat yuritgan tinçlikparvar kuçlar harbiylari ayollar, jumladan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuzkorlikda ayblandi. Mahalliy aholidan yuzdan ortiq ariza kelib tuşdi.
Şuningdek, Janubiy Sudandagi xalqaro kuçlarning faoliyatidagi nuqsonlar sababli ham taşkilot keskin tanqid qilinmoqda. BMT ötkazgan suriştiruv natijalariga köra, mamlakatdagi 14 ming nafar "moviy kaska"lilar tinç aholi vakillarini zöravonliklardan asray olişmagan.












