Yevropa ligasining 6-turidan o‘rin olgan uchta guruhda uchrashuvlar yakunlandi.
N guruhida «Shaxtyor» muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini hal qilganiga qaramay, so‘nggi turda yana g‘alaba qozondi. Pley-offning ikkinchi yo‘llanmasi uchun asosiy da'vogar bo‘lib turgan «Braga» o‘z uyida ukrainaliklarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Portugaliyaliklarning muvaffaqiyatsizligi yetmagandek, ikkinchi da'vogar Belgiyaning «Gent» klubi asosiy vaqtga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqada «Ko‘nyaspor»darvozasiga to‘p kiritib yo‘llanmani ilib ketdi.
Yevropa Ligasi, 6-tur
N guruhi
Braga (Portugaliya) – Shaxtyor (Ukraina) 2:4 (1:2)
Gollar: 0:1 – 22 Krivtsov, 0:2 – 39 Tayson, 1:2 – 43 Stoilkovich, 1:3 – 62 Krivtsov, 1:4 – 66 Tayson, 2:4 – 89 Vukchevich.
Ko‘nyaspor (Turkiya) – Gent (Belgiya) 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 90+4 Kulibali.
Ogohlantirishlar: Esiti (77), Findikli (78).
Guruhda «Shaxtyor» yuz foizlik natija qayd etib 18 ochko to‘pladi. «Gent» - 8, «Braga» 6 ochko bilan qolib ketdi. «Ko‘nyaspor» esa bir ochko bilan guruh bosqichini yakunladi.
J guruhi
Ozarboyjonning «Qorabog‘» jamoasi pley-off yo‘llanmasi uchun juda yaqin kelgandi. Biroq jamoa so‘nggi turda o‘z uyida «Fiorentina»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bu huquqdan mahrum bo‘ldi. Gretsiyaning PAOK klubi esa vaziyatdan foydalanib «Slovan» ustidan g‘alaba qozondi va bahorda ham yevrokuboklarda ishtirok etadigan bo‘ldi.
PAOK (Gretsiya) – Slovan (Liberets, Chexiya) 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 29 Rodrigesh, 2:0 – 67 Pelkas.
Ogohlantirishlar: Pelkas (22), Rodrigesh (31), Krespo (33), Leo Matos (52), Ekpay (58), Pokorni (63), Folprext (77), Sikora (89).
Qorabog‘ (Ozarboyjon) – Fiorentina (Italiya) 1:2 (0:0)
















