“Qayerda qonun hukmron bölsa, şu yerda adolat qaror topadi”, degan edi buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur.
Ona Vatanimiz öz istiqlolini qölga kiritgan kunidan boşlab, Respublikamizning birinçi Prezidenti marhum va mağfur yurtboşimiz rahbarligida mustaqil davlat yangi qonunçiligining yaratilişi va qabul qilinişi borasida dadil qadam taşlandi. Bu borada kerakli çora-tadbirlar amalga oşirildi. Dastlabki qabul qilingan qonunlardan biri Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bölib, ön ikkinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi.
Konstitutsiyaning barça bölim va moddalari mustaqil Vatanimizning milliy qadriyatlarini tiklaşga, inson manfaatlarini har tomonlama himoya qilişga, milliy va diniy qadriyatlar hamda vijdon erkinligini ta'minlaşga, oilada mustahkam muhitni ta'minlaşga, Vatanimiz milliy-madaniy meroslaridan oqilona va odilona foydalanişini belgilab berişga, millatlar va elatlar, xalqlar örtasida özaro hamkorlik, bağrikenglik, özaro hamkorlik, döstona munosabatlarni yaxşilaşga va şunga oid ezgu maqsadlarni amalga oşirişga qaratilgandir, desam mubolağa bölmaydi.
Boş qomusimizning “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlari bölimi” (7-bobi, umumiy qoidalar) 18-moddasida şunday deyilgan: “Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qöyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bölişi şart”, deb yozib qöyilganligi ayni sözimizga misoldir.
Jannatmakon yurtimiz özining 25 yillik mustaqil taraqqiyot yölida erişgan barça natijalari, jumladan, inson huquqlari va erkinliklarining ta'minlanişi, vijdon erkinligi va diniy bağrikenglikni ta'minlaş, milliy va diniy qadriyatlarimizni qayta tiklanişi, şuningdek, fuqarolik jamiyati asoslarini vujudga kelişi va rivojlanişi kabi barça yutuqlarimiz Boş qomusimiz – Konstituttsiya va u asosida qabul qilingan qonun, qarorlar, davlat dasturlarining izçil amalga oşirilişi natijasida qölga kiritildi. Bu borada muhtaram marhum birinçi Yurtboşimiz quyida e'tirof qilgan sözlarini eslab ötiş ayni muddao böladi, deb bilaman. Jumladan: «Qabul qilingan Konstitutsiyamiz öz mazmun-mohiyatiga köra xalqimiz tafakkurining mahsuli bölib, u davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan qomusnomadir».
Xalqimizning ezgu niyatlarini özida mujassam etgan, erkinlik, millatlararo totuvlik, özaro hamkorlik, bağrikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yurtimizda yaşab kelayotgan insonlarni tengligi, ularning tili va dini, urf-odatlari hamda milliy qadriyatlarining garovi sifatida kişilik jamiyatini barça jabhalarda taraqqiyotga erişişga xizmat qilib kelmoqda. Şu jumladan, 130 dan ortiq millat va elat vakillarining bir moviy gumbaz ostida tinç-totuv, xotirjamlik asosida yaşab kelişi ham Qomusimizning neçoğlik hayotga tadbiq etilganligidan va diyorimiz kişilarning bağrikengligidan darak beruvçidir.











