Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniyaning Hamburg şahrida YeXHT TIV Kengaşining anjumanida iştirok etib, unda ma'ruza qildi. Bu haqda, TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Kamilov sammit mezboni, YeXHT raisi, Germaniya taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyerga mehmondöstlik uçun minnatdorçilik bildirib, 2016 yil 4 dekabrda Özbekistonda taşkil etilgan prezidentlik saylovi natijalari hamda dastlabki sanaşlarga köra, nomzod Şavkat Mirziyoyev 88,6 foiz ovoz töplab ğalaba qozongani xususida hamkasblariga ma'lumot bergan. 

Abdulaziz Kamilov, şuningdek, prezidentlik saylovida 47 davlatdan kelgan 600dan ortiq xalqaro kuzatuvçi qatnaşgani, xususan, BMT, YeXHT, ŞHT, MDH, IHT va Butunjahon saylov komissiyalari uyuşmasi kabi obröli xalqaro taşkilotlar delegatsiyalari qatnaşganini ta'kidlagan. 

U YeXHT IDemokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi ilk marotaba töliq missiyasini taşkil etganini alohida e'tirof etgan. Taşqi işlar vazirining aytişiça, Özbekiston YeXHT bilan respublika saylov tizimini takomillaştiriş va mustahkamlaş yölida amaliy hamkorlikni davom ettirişga tayyordir. 

Özbekiston TIV rahbari öz nutqida Özbekiston taşqi siyosatda öz manfatlaridan kelib çiqqan holda, BMT nizomi, YeXHT Xelsinki yakuniy aktida qayd etilgan xalqaro huquq tamoyillari va Özbekiston Konstitutsiyasida belgilab qöyilgan me'yorlar va boşqa zimmasiga olgan xalqaro huquq majburiyatlariga rioya qilişini ta'kidlagan. 

Özbekiston, şuningdek, boşqa davlatlarning içki işiga aralaşmaslik, yuzaga keladigan ziddiyatlarni tinç, siyosiy muzokaralar yöli bilan hal etiş tarafdori bölib qoladi. Bundan taşqari, respublika har qanday harbiy-siyosiy blokka qöşilmaslik, öz hududida xorijiy harbiy bazalarni joylaştirmaslik, öz harbiylarini mamlakat taşqarisiga safarbar qilmaslik borasida prinsipial va yagona qarorni qabul qilgan. 

Şu bilan birga, Özbekiston taşqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasi eng asosiy örin egallaydi. Ya'ni özining yaqin qöşnilariga nisbatan yaxşi qöşniçilik va pragmatik siyosat yuritiş tarafdori bölib qoladi. 

Mintaqaga jiddiy xavf-xatar va tahdidlar soya solayotgan bir vaqtda, turli ğoyalar va oqimlarning keskin töqnaşuvi yuz berişi mumkin bölgan Markaziy Osiyoni xavfsiz va barqaror rivojlanayotgan mintaqaga aylantiriş, unda tinçlik va barqarorlikni saqlab qoliş hamda mustahkamlaş Özbekiston taşqi siyosatining asosiy maqsadlaridandir.