Venesuela prezidenti Nikolas Maduro payşanba kuni braziliyalik hamkasbi Mişel Temerni “yollanma qotil” deb atadi.

"Mişel Temerning Braziliyada qilayotgan işlari hattoki Pinoçet tomonidan Çilida ham qilinmagan. Braziliyada “yollanma qotil” Mişel Temer tomonidan bizga qardoş bölgan xalqqa qarşi jinoyat amalga oşirilmoqda", - deya ma'lum qildi Maduro Karakasdagi tadbir davomida çiqiş qilib.

Maduroning fikriga köra, Temer Braziliya xalqidan Inasio Lula da Silva va Dilma Rousseffning söl hukumati tomonidan berilgan ijtimoiy imkoniyatlarni olib qöymoqda.

Braziliya yangi hukumatining konstitutsiyaga kiritilişi mumkin bölgan özgartiriş loyihasida yaqin 20 yil davomida davlat sarf-xarajatlari darajasini muzlatib qöyiş közda tutilgan. Şuningdek, ijtimoiy xarajatlar miqdori ham keskin kamaytiriladi. Bu esa iqtisodiyoti oğir ahvolda bölgan mamlakatda jiddiy e'tirozlarga sabab böldi.