Rajab Toyib Erdöğan 11 dekabr kuni Qozoğistonga keladi. Bu haqda "Anadolu" agentligi Turkiya prezidenti ma'muriyatiga asoslanib xabar tarqatgan. U Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev taklifi bilan uşbu mamlakatga ikki kunlik taşrif amalga oşirmoqda.
Taşrifi davomida Erdöğan Nazarboyev bilan yuzma-yuz va keng doiradagi uçraşuvlar ötkazadi. Prezidentlar ikki davlat munosabatlari, kun tartibida turgan dolzarb masalalar hamda oliy darajadagi Qozoğiston-Turkiya strategik şeriklik kengaşining uçinçi yiğilişiga tayyorgarlik köriş masalalarini muhokama qilişadi. Uçinçi yiğiliş 2017 yili Turkiyada ikki siyosatçi iştirokida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Bundan oldinroq, Turkiyadagi mahalliy naşrlarda Rajab Toyib Erdöğan öz mamlakatining ŞHTga a'zo bölib kirişi masalasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama ötkazgani xabar qilingandi. OAV ma'lumotlariga köra, turkiyaliklar rahbari YeIga a'zo böliş - Turkiyaning yagona varianti emasligi haqida gapirgan.
"Brexit tarqalişi mumkin, Fransiyada, Italiyada şunday gaplar yuribdi. Bunday şaroitda Turkiya özini xotirjam his qilişi mumkin. Yevropa Ittifoqiga a'zo böliş biz uçun yagona variant ekani haqida gapiriş kerak emas. Turkiya ŞHTga a'zo bölib kirişi ham mumkin. Men buni Putin va Nazarboyev bilan gaplaşdim. Turkiyaning ŞHTdagi iştiroki bizga bu mintaqa davlatlari bilan aloqalarda erkin harakatlaniş imkonini beradi", degandi Erdöğan Özbekistonga safarini yakunlab qaytganida jurnalistlarga.












