AQŞning Kaliforniya ştatidagi San-Xose şahrida qurilayotgan yangi Apple Campus suratlari Fransiyaning MacGeneration resursi tomonidan e'lon qilindi. Unda, şuningdek, 2017 yilning boşida oçiladigan kampusning qanday qurilayotgani haqida söz boradi.

Ulkan va ekologik toza

Apple Campus 2ning qurilişi 2013 yilning noyabr oyida boşlangan edi. Obekt 260 ming kv. km maydonni öz içiga olgan bölib, qiymati 5 mlrd dollar, deya baholangan. Kompaniya loyihaçilari, tahlilçilari, marketologlari va boşqa xodimlarining işlaşi hamda hordiq çiqarişi uçun quriladigan obektlar ustida 5 mingdan ziyod mutaxassis işlamoqda. Hududning 20 foizini aylana şaklda qurilgan majmua egallaydi, uning 80 foizi esa yaşil hudud hisoblanadi. Stiv Jobbs kampusni yeri tillalarga boy Kupertinoda emas, balki Kaliforniyaning arzon tumanida quriş ğoyasini ilgari surgan edi.

Kampus oçilganidan söng unda oddiy xodimlar joylaştiriladi, söngra boşqalar. Kompaniya yangi Apple Campus 2 boşqa binolarga qaraganda xavfsiz va ekologik toza bölişi bilan faxrlanmoqda.

Videoda uning quriliş jarayoni tasvirlangan edi, bu safar uning içiga razm soliş imkoniyati taqdim etildi.