Rasululloh (s.a.v)da barça yaxşi sifat va gözal axloq jamlangan edi. Şuning bois u zot (s.a.v) insonlar uçun namuna bölişga eng haqli edilar. Alloh taolo payğambarimizni barça musulmonlarga namuna qilib yuborgan.

Bu haqida Alloh taolo Qur'oni karimning “Ahzob” surasi 21-oyatida bunday marhamat qilgan: “(Ey, iymon keltirganlar) sizlar uçun Alloh va oxirat kunidan umidvor bölgan hamda Allohni köp yod qilgan kişilar uçun Allohning payğambarida gözal namuna bordir”.

Har bir musulmon bajarayotgan işida payğambari (s.a.v)dan ibrat olişi lozim. Ibrat oliş esa u zotning xulqlariga, sözlariga itoat qilişdir. Bu haqida payğambar (s.a.v): “Kimda kim payğambarga itoat etsa, demak u Allohga itoat etibdi”, deganlar.
Itoat qilişda u zotni köriş yoki hamsuhbat böliş şart emas.

Rasululloh (s.a.v) hayotdan rihlat qilib sahobalardan oz sonlilari qolgan edi. Şulardan Miqdod ibni Asvad (r.a)ni oldilariga bir kişi kelib, közlariga termilib turib: “Qanday ham baxtli közlarki, bu ikkala köz Rasululloh (s.a.v)ni körgan, koşkiydi biz ham siz körgan narsani körganimizda”, deb Rasululloh (s.a.v)ni iroda qildi.

Şunda Miqdod ibni Asvad (r.a) bu kişini gapiga taajjublanib dedilar: “Bilasizmi, Rasululloh (s.a.v) şunday bir zamonda dunyoga keldilarki, johiliyat avjiga çiqqan paytda Alloh taolo u zot a.s.ni Qur'on bilan yubordi, u paytda ibodatning eng afzali bud-sanamlarga siğiniş edi. Ba'zi bir xonadonlarda öğil iymonga kelgan, ammo ota muşrik, ba'zilarida esa ayol musulmon, ammo farzandlari muşrik yoki aksinça. Gap közda emas, Allohga şukr qiling, çunki u zotni körmasdan turib iymon keltirib turibsiz. Bilasizmi, payğambarni körgan köpgina közlarni Alloh taolo yuz tuban jahannamga mustahiq qildi. Şuning uçun gap közda emas, balki iymonda”, dedilar.

Uvays Qaroniy haqlarida ham Payğambar (s.a.v) jannatiylikni başorat berişlariga sabab, u zotni körib iymon keltirgandan köra, körmasdan turib iymon keltiriş afzal ekanini bilganlaridan edi. Biroq bir zamonda yaşagan edilar, borib körişsalar bölardi, ammo körişmasalarda u zotga muhabbatlari çeksiz edi.

Umuman olganda kişi özga bir kimsaga muhabbat qöyişi uçun mahbubiga nisbatan unda tört narsa sabab böladi.

1.  Nasabining oliyligi.
2.  Hasab, ya'ni xulqi atvori.
3.  Jamolining gözalligi.
4.  Kamolotga yetganligi.
Biz e'tibor beradigan narsa şuki Alloh taolo mazkur tört sifatning barçasini Payğambar (s.a.v)da jamlab qöygan.