Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya prezidenti siyosiy inqirozdan chiqish yo‘llarini izlamoqda
Italiya prezidenti Serjo Mattarella shanba kuni mamlakatdagi siyosiy inqirozdan chiqish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishni yakunlaydi. U mamlakat bosh vaziri Matteo Rentsi iste'foga chiqqanidan so‘ng yuz bergan.
Maslahatlashuvlarning uchinchi kuni 11.00 (Toshkent vaqti bilan 15.00)da boshlanib, tungi vaqtlarda yakunlanadi. Davlat rahbari bilan uchrashuvga davlatning yetakchi siyosiy kuchlari delegatsiyalari, “Yangi o‘ng-markaz kuchlari” (YaO‘K), “Olg‘a, Italiya”, Demokratik partiya va “5 yulduz harakati” partiyasi vakillari tashrif buyuradi.
Kuni kecha Mattarella turli parlament guruhlaridan bo‘lgan deputat va senatorlar bilan uchrashdi. Ularning aksariyati joriy yilning oxiriga qadar saylovlar haqida qonun qabul qilish, yanvarda parlamentni tarqatib yuborish va martda muddatdan avvalgi saylovlarni o‘tkazishga chaqirgan.
Kutilishicha, davlat rahbari hukumatni tashkil qilishni kimga yuklash borasidagi o‘z qarorini yaqin kunlarda e'lon qiladi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026