Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Reuters agentligi operatorini haqorat qildi. Ukrainaning «Gromadske» telekanali buni tasdiqlovçi videorolikni taqdim etdi. Reuters agentligining original roligida ham Lavrovning "ahmoqlar" degan sözi eşitilgan.
Video Lavrovning Gamburgda Germaniya TIV rahbari Frank Valter Ştaynmayyer bilan bölib ötgan uçraşuvida tasvirga tuşirilgan.
Lavrov dahlizdan ötib ketayotib, kameraga qaraydi va Reuters operatoriga "What do you want? (Nima istaysiz?)" deb murojaat qiladi. Şundan keyin u "ahmoqlar", deb qöşib qöyadi.
Lavrov bu sözni birinçi marta qöllaşi emas. 2015 yilning avgustida u matbuot konferensiyasi paytida mikrofon oldida tösatdan beodob sözni qöllagan.
Rossiya TIVda idora rahbaridan heç beodob sözlarni eşitişmaganligini ma'lum qilişgan. Oxir-oqibat Lavrovning aytgan sözlari memga aylandi.












