UYeFA ijroiya qömitasining Nonda bölib ötgan navbatdagi majlisida futbolçilarning doping-namunalarini 10 yilgaça saqlaş böyiça qaror qabul qilindi. Bu haqda taşkilotning rasmiy saytida e'lon qilingan.
«Qömita namunalarni saqlaş muddatini 10 yilga uzaytiriş bilan dopingga qarşi samarali kuraşning kompleks dasturini mustahkamlaş böyiça qaror qabul qildi. Bu qadam, test ötkazişning yangi usullari paydo bölganida, takroriy tahlil ötkaziş imkonini beradi», — deyiladi xabarda.












