«Shapekoense» aviahalokatidan keyin omon qolgan himoyachi Alan Rushel o‘ziga keldi va o‘z oyoqlarida yura boshladi.

U dalda bergani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirgan.

«Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Tez orada Braziliyaga qaytib, davolanishni u yerda davom ettiraman. Menga dalda bergan va xabar yuborgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Hammaga rahmat» - degan Rushel.