Qirğiz respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Şayldabekova davlat rahbari Almazbek Atambayevga, barça saylov uçastkalarining umumxalq referendumi ötkazişga şayligini ma'lum qilgan. Eslatib ötamiz, Qirğizistonda respublika Asosiy qonunini özgartiriş böyiça referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bölib ötadi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

2010 yilda öşa vaqtdagi prezident Kurmanbek Bakiyev tuzumi ağdarilganidan keyin qabul qilingan konstitutsiyani özgartiriş böyiça umumxalq referendumi 11 dekabrda bölib ötadi. Özgartişlar mualliflarining qayd etişlariça, asosiy maqsad hokimiyat organlari örtasidagi özaro muvozanatni ta'minlaş va mamlakatda parlament hokimiyatini mustahkamlaşdan iborat.